Yo`lovchilarga qulaylik yaratish, avtobus salonini sovitishda sarflanayotgan yonilg`i va elektrni iqtisod qilish maqsadida Toshkentdagi tabiiy gaz va elektrda harakatlanadigan avtobuslarning yon oynalarini qoraytirishga ruxsat berildi.
Ma`lum qilinishicha, mazkur jarayonda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo`l harakati xavfsizligi xizmati hisobidagi 144,4 ming kvadrat metr plyonkalar "Toshshahartransxizmat"ga taqdim etiladi.
Ma`lumot o`rnida, avtobuslarni "tonirovka"lash prezidentning shu yil may oyida Chilonzor tumaniga qilgan tashrifi yakunlari bo`yicha berilgan topshiriqlar bayonining 37-bandiga asosan amalga oshirilmoqda.






