AsosiyJamiyat

Iroqning Daniyadagi elchixonasi oldida Qur`on yoqib yuborildi

'Iroqning Daniyadagi elchixonasi oldida Qur`on yoqib yuborildi'ning rasmi

Kopengagendagi Iroq elchixonasi oldida o`ta millatchi "Daniyalik vatanparvarlar" guruhi vakillari miting o`tkazdi. Tadbir davomida ular Qur`onni yoqib yuborishgan bu haqda  zamon.uz  xabar berdi.

Namoyishchilar buni Shvesiyaning Bag`doddagi elchixonasiga yaqinda uyushtirilgan hujumga norozilik sifatida uyushtirganini aytishmoqda. Agentlik ma`lumotlariga ko`ra, namoyishga polisiya qarshilik ko`rsatmagan.

Eslatib o`tamiz, joriy yilning yanvar oyida ham Stokholmdagi Turkiya elchixonasi oldida Qur`on yoqib yuborilgan edi. Aksiyani o`ta o`ng va islomga qarshi «Qattiq kurs» partiyasining daniyalik-shved faoli Rasmus Paludan boshqargan. Shuningdek, iyun oyida ham iroqlik muhojir Stokholmdagi bosh masjid yonida Qur`onni yoqib yuborgan edi.

    Boshqa yangiliklar