AsosiyJamiyat

Kecha tunda Andijondagi uylarning biri yonib ketdi

'Kecha tunda Andijondagi uylarning biri yonib ketdi'ning rasmi

22 iyul kuni soat 22:10 da Andijon viloyati Oltinko`l tumani “Oqtepa” MFY Qo`shqayrag`och ko`chasida joylashgan uylarning birida yong`in sodir bo`ldi. Bu haqda viloyat FVB xabar berdi.

Qayd qilinishicha, 4 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 22:16 da voqea joyiga etib borib, yong`in soat 22:21 da o`rab olingan va soat 22:56 da o`chirilgan.

Yong`in natijasida uyning 95 kv.m maydonda tomi, shifti va uy-ro`zg`or buyumlari yonib zararlangan.  Yong`indan uyning 150 kv.m maydoni saqlab qolingan.

Yong`inni sababi va zarari aniqlanmoqda.  

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar yo`q.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar