Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiyaga keldi. 23 iyul kuni u Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan qabul qilinadi.
“Muzokaralar kun tartibi belgilab olindi, muhokama qilinadigan masalalar ko`p”, — deya xabar bergan Belarus prezidentining sayti uchrashuv haqidagi e`lonida.
Xavfsizlik masalalari, noqonuniy sanksiyalar bosimiga birgalikda qarshi chiqish va hakazolarni muhokama qilish rejalashtirilgan.
Xuddi shu kuni Kreml 23 iyul kuni ikki davlat rahbarlarining Ittifoq davlati doirasidagi integrasion hamkorlikni muhokama qilishini e`lon qildi.






