AsosiyJamiyat

3 yoshgacha farzandi bo`lgan kollej va texnikumlar o`quvchi-qizlariga masofaviy ta`lim olish imkoniyati yaratiladi

'3 yoshgacha farzandi bo`lgan kollej va texnikumlar o`quvchi-qizlariga masofaviy ta`lim olish imkoniyati yaratiladi'ning rasmi

Muhokamalar portaliga Vazirlar Mahkamasining “Kollej va texnikumlarda kasb va mutaxassislik egallash istagida bo`lgan xotin-qizlarni qo`llab-quvvatlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori loyihasi e`ln qilindi. 

Unga ko`ra, Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligi:

3 yoshgacha farzandi bo`lgan kollej va texnikumlar o`quvchi-qizlariga masofaviy ta`lim olish imkoniyati yaratiladigan kasb va mutaxassisliklar ro`yxatini tasdiqlaydi;

2023/2024-o`quv yilidan boshlab kollej va texnikumlarda qurilish, transport, kommunal, qishloq xo`jaligi va xizmat ko`rsatish sohalaridagi kasb va mutaxassisliklarda o`qiydigan 3 yoshgacha farzandi bo`lgan o`quvchi-qizlarga, ularning murojaati asosida masofaviy ta`lim olish imkoniyatini yaratadi.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar