O`zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi Turkiyadagi O`zbekiston fuqarolariga murojaat bilan chiqdi.
"Hurmatli fuqarolar, so`nggi vaqtlarda Turkiya polisiyasi tomonidan Istanbul va boshqa yirik shaharlarda “maxsus reyd” tadbirlari amalga oshirilib, Turkiya qonunchiligini buzgan xorijliklarga, shu jumladan O`zbekiston Respublikasi fuqarolariga nisbatan ham tegishli choralar ko`rilmoqda.
Shu munosabat bilan, Turkiyada turli sabablraga ko`ra bo`lib turgan fuqarolarimizdan mahalliy qonunlarga to`liq rioya etishlari, o`zlari bilan shaxsini tasdiqlovchi (pasport) va Turkiyada yashash ruxsatini beruvchi (İkamet İzni) hujjatlarini olib yurishlari so`raladi,” deyiladi murojaatda.






