Surxondaryo viloyatida hokimiyat, prokuratura va ichki ishlar topshirig`i bilan o`qituvchilar majburiy mehnatga jalb qilingani aytildi. Viloyat hokimligi axborot xizmati mazkur xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi.
Unga ko`ra, 23 iyul kuni viloyatda hokimiyat, prokuratura, ichki ishlar va boshqa tashkilotlar topshirig`i bilan o`qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilish, ta`lim tizimiga asossiz aralashish holatlari haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur murojaatda keltirilgan holatlar viloyat hokimi Ulug`bek Qosimov tomonidan shaxsan nazoratga olindi va murojaatni batafsil o`rganish, aybdorlarni aniqlash, qaysi daraja va tizimdagi rahbar bo`lishidan qat`iy nazar qonun doirasida chora ko`rish bo`yicha maxsus komissiya tuzilib, o`rganish ishlari olib borilmoqda.






