AsosiyJamiyat

Bugun harorat 44° gacha ko`tariladi

'Bugun harorat 44° gacha ko`tariladi'ning rasmi

Bugun kunduz kuni respublika bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda, janubda va cho`l hududlarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ba`zi joylarda 20-22 m/s gacha etishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 37-42°, shimolda, janubda va cho`l hududlarda 43-44° gacha bo`ladi.

Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 39-41° bo`ladi.

Tog`li hududlarda kunning ikkinchi yarmida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momoqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, momoqaldiroq paytida 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 30-35° bo`ladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar