AsosiyJamiyat

Yangi Toshkent shahri quriladi. Qaysi hududlar kirishi ma`lum qilindi

'Yangi Toshkent shahri quriladi. Qaysi hududlar kirishi ma`lum qilindi'ning rasmi

“Yangi Toshkent shahrini barpo etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi  Prezident qarori e`lon qilindi. 

Qarorga ko`ra, poytaxtga yaqin Yuqori va Quyi Chirchiq tumanlaridan salkam 20 ming gektar er maydoni Yangi Toshkent shahri barpo etilishi uchun ajratilishi ko`zda tutilgan. 

Xususan, Yuqori Chirchiq tumanidan O`zbekiston, Do`stlik, Surankent, Turkiston, Guliston, Iyk ota, (Qibray) Nurmuhammedov hamda O`rta Chirchiq tumanidan Do`stlik, Oxunbobev, Kim Pen Xva mavzelari va Sholichilik instituti hududidagi qishloq xo`jaligiga ixtisoslashgan erlarning toifasi o`zgartirilib, Yangi Toshkent shahrini barpo etish uchun ajratiladi.  

Yangi shahar uchun ajratilgan salkam 20 ming gektarlik er maydonining qariyb 13 ming gektari qishloq xo`jaligiga mo`ljallangan erlar hisoblanadi.

Yangi Toshkent shahri bosh rejasini ishlab chiqish uchun  Foster and Partners (Buyuk Britaniya), OMA (Niderlandiya) va Meinhardt (Singapur) kompaniyalari jalb qilingan.

    Boshqa yangiliklar