Andijon viloyatida “Adibaxon onam” oilaviy nodavlat maktabgacha ta`lim tashkilotida bola kaltaklangani aniqlandi. Bu haqda viloyat maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko`ra, mazkur holat yuzasidan MMTB hamda tuman Maktabgacha va maktab ta`limi bo`limi tomonidan tezkor ishchi guruh tuzilib, o`rganish ishlari olib borildi. O`rganish ishlari sudgacha borgani hozirda sud jaryonlari davom etayotgani sababli yakuniy xulosani sud qarori bilan berish rejalashtirilgan edi.
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 iyuldagi 595-sonli qaroriga asosan, oilaviy maktabgacha ta`lim tashkilotlariga 3-7 yoshli bolalar qabul qilinishi belgilab qo`yilgan. Biroq, “Adibaxon ona” oilaviy nodavlat maktabgacha ta`lim tashkiloti tarbiyachisi, hali 2 yoshga ham to`lmagan M.ni tarbiyalanuvchilar safiga qabul qilgan.
Holat bo`yicha 15 iyun kuni tarbiyachi M.X hamda yordamchi tarbiyachi D.X.lar lavozim majburiyatlarini lozim darajada bajarmagani sababli ish beruvchi tomonidan vazifasidan ozod etilgan.
Tadbirkordan noqonuniy tartibda 3 yoshga to`lmagan bola qabul qilgani uchun qonun doirasida tegishli choralar ko`rildi hamda keyingi ish faoliyatida bunday noqonuniy holatlar takrorlanmasligi bo`yicha rasman ogohlantirildi.
14 iyun kuni bolani onasi tomonidan IIBning hududiy profilaktika inspektoriga ariza bilan murojaat qilgan va bolaga boshqa tan jaroxat olgan (kuyish, kaltaklangan, noo`rin xatti- harakatlar qilingan) degan gumon bilan ekspertizaga berildi. Ekpertiza xulosasi hududiy profilaktika inspektori kapitan Ibragimov tomonidan olinib, fuqarolik sudi Izboskan tumani bo`limiga o`rganib, chora ko`rish yuzasidan berildi.
Holat yuzasidan ma`lumotlar tegishli organlarga topshirilgan hamda qonun doirasida o`rganish ishlari olib borilmoqda.






