Surxondaryo viloyati Qumqo`rg`on tumanida YPX inspektorlari tarvuz o`g`irlagani aytilgan video tarqaldi. Viloyat YHXB mazkur xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi.
Unga ko`ra, videodagi holat “Boymoqli” mahallasi hududida xizmat olib borayotgan yo`l patrul xizmati inspektorlari hamda huquqbuzarlik sodir etib IIO xodimlarining qonuniy talabini bajarishdan bo`yin tovlab, o`zining tanishlari bilan xodimlarga nisbatan qarshilik ko`rsatayotgan bir guruh fuqarolar o`rtasida sodir bo`lgan.
Holatga aloqasi bo`lmasada shu atrofda turib xodimlarni tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritilib, hozirda holat yuzasidan Surxondaryo viloyati IIB JXX YHXB mas`ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda






