AsosiyJamiyat

Bugun Toshkentning 2 ta tumanida yana "svet" o`chiriladi

'Bugun Toshkentning 2 ta tumanida yana "svet" o`chiriladi'ning rasmi

Bugun Toshkentning Sergeli va Yashnobod tumanlarining ayrim joylarida elektr ta`minoti vaqtincha o`chiriladi. Bu haqda "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent shahar filiali Matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, iste`molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi etkazib berilishini ta`minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko`rish maqsadida "svet" o`chirilmoqda. 

Quyidagi elektr ta`minoti vaqtincha o`chiriladigan manzillar keltirilgan:

Sergeli tumani: "Nog`ayqo`rg`on" va "Qubaytepa" MFYlarning ayrim ko`chalarida soat 10:00 dan 16:00 gacha;

Yashnobod tumani: "Ko`ksaroy" MFYning ayrim ko`chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.

O`z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta`mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o`tilgan.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent shahar filiali mazkur ta`mirlash ishlari tufayli elektr ta`minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli etkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi iste`molchilardan uzr so`ragan.

    Boshqa yangiliklar