AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda mas`ullar davlatdan tibbiyot birlashmasi binosini rekonstruksiya qilishda bajarilmagan ishlar uchun qariyb 800 mln so`m o`zlashtirishdi

'Qashqadaryoda mas`ullar davlatdan tibbiyot birlashmasi binosini rekonstruksiya qilishda bajarilmagan ishlar uchun qariyb 800 mln so`m o`zlashtirishdi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Koson tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “G.C.” xususiy korxonasi hamda Qashqadaryo viloyati “Ya.B.X.” IK mas`ul shaxslari tuman Tibbiyot birlashmasi binosini rekonstruksiya qilishda amalda bajarilmagan qurilish-ta`mirlash ishlarini rasmiy hujjatlarga qo`shib yozish orqali jami 787,4 mln so`mni o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar