AsosiyJamiyat

Andijondagi kanalda, Sirdaryo va Qoradaryo daryolarida cho`kib ketgan 4 kishi qidirilmoqda

'Andijondagi kanalda, Sirdaryo va Qoradaryo daryolarida cho`kib ketgan 4 kishi qidirilmoqda'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Norin qora daryosida 2 nafar bola cho`kib ketgani haqida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan Namangan FVB ma`lumot berdi. 

Ma`lum qilinishicha, Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga kelib tushgan xabarga asosan Norin tumanidan oqib o`tuvchi Qoradaryoda 2 nafar 2011 va 2009 yilda tug`ilgan, voyaga etmagan o`g`il bolalar boshqarma qutqaruv otryadi suvda qidiruv-qutqaruv guruxi tomonidan suv osti va tuman yong`in-qutqaruvchilar tomonidan suv usti qidiruv ishlari olib borildi.

Bundan tashqari viloyatning  Uchqo`rg`on tumani "Katta Andijon kanali"da 17 iyul kunidan 1993 y.t fuqaroni;  

23 iyul kunidan Pop tumani Sirdaryo daryosida 1973 y.t fuqarolarni xam suv osti va suv usti qidiruv ishlari olib borilmoqda.

"Hurmatli fuqarolar yoz mavsumida sodir bo`lishi mumkin bo`lgan cho`kish bilan bog`liq baxtsiz xodisalardan farzandlaringizni ehtiyot qiling! Cho`milish ta`qiqlangan joylarda cho`milishiga ruxsat bermang", - deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar