Bugun O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a`zosi, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi, yozuvchi Luqmon Bo`rixon 58 yoshida vafot etdi.
Bu haqda O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Luqmon Bo`rixon 1965 yil 15 fevralda Qashqadaryo viloyatining G`uzor tumanidagi Yangiobod qishlog`ida tug`ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan (1991). Dastlabki hikoyasi — «Begimqul katta» (1987). Shundan so`ng yozuvchining «Yalangoyoq» (1991), «Sirli muallim» (2006), «Xizr ko`rgan yigit» (2007) cingari hikoya va qissalar to`plamlari nashr etilgan. «Jaziramadagi odamlar» (2005) romani muallifi.