AsosiyDunyo

Turkiyada yana zilzila sodir bo`ldi

'Turkiyada yana zilzila sodir bo`ldi'ning rasmi

Bugun, 25 iyul kuni Turkiyaning markaziy qismida 5,4 magnitudali zilzila qayd etildi. Bu haqda Evropa-O`rtaer dengizi seysmologiya markazi xabar berdi. 

Unga ko`ra, tabiiy ofat epimarkazi Adana viloyati Kozan shahri 18 km shimoli-sharqda, 12 km chuqurlikda joylashgan. 

Falokat va favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish vazirligi ma`lumotlariga ko`ra, zilzila oqibatida hech kim jabrlanmagan, vayronalar ham qayd etilmagan. 

"Zilzila taxminan besh soniya davom etdi. Qurbonlar va vayronalar yo`q. Vahima qilish uchun hech qanday sabab yo`q", dedi Falokat va favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish vazirligi Xatarlarni kamaytirish boshqarmasi rahbari Orxan Tatar. 

    Boshqa yangiliklar