Jahon Sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra emlashdan bosh tortganlar hisobiga, 2023 yilda dunyoda va Evropa mintaqasida qizamiq bo`yicha epidemiologik vaziyat keskinlashdi.
Ayni paytda Ukrainada 23 070, Serbiyada 4 954, Fransiyada 2 576 , Gresiyada 2 476, Italiyada 2 020, Rossiyada 1 396, Gruziyada 1 128 holatda qizamiq kasalligi qayd etilgan. Bu haqda Sanepidqo`mita Axborot xizmati xabar bermoqda.
Qo`shni mamlakatlar Afg`onistonda 2023 yilning hozirgacha bo`lgan davrida 2 105 holatda, Tojikistonda esa 300 dan ortiq Qozog`istonda 169 ta holat qayd etilgan.
Respublikamizda joriy yilning iyul oyi holatiga ko`ra, qizamiq kasalligiga shubha qilingan 306 nafar bemorning qon namunalari virusologik laboratoriyaga yuborilgan.
Ulardan 164 tasida qizamiq aniqlangan.
Shuni alohida ta`kidlab o`tish joizki, mamlakatimizda qizamiq bilan kasallanish holatlari asosan xorijdan kelgan qizamiq bilan kasallanganlar bilan aloqada bo`lgan fuqarolar orasida aniqlanmoqda.
Hozirda mamlakatimizda qizamiq bo`yicha epidemiologik vaziyat nazorat ostida bo`lib, qizamiq kasalligiga shubha qilingan shaxslar bilan aloqada bo`lganlar epidemiologik ko`rsatma asosida profilaktik emlash bilan qamrab olinmoqda.
25.07.2023 18:27
⚡Xorijdan kelgan qizamiq bilan kasallanganlar bilan aloqada bo`lgan fuqarolarda qizamiq kasalligi aniqlanmoqda
