AsosiyJamiyat

Rossiyada 17 yoshli o`zbekistonlik o`smir tomdan yiqilib, halok bo`ldi

'Rossiyada 17 yoshli o`zbekistonlik o`smir tomdan yiqilib, halok bo`ldi'ning rasmi

Rossiyaning Omsk viloyatida 17 yoshli O`zbekiston fuqarosi 5 qavatli uyning tomidan yiqilib, halok bo`ldi. Bu haqda “Kommercheskie Vesti” xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea kecha, 24 iyul kuni kechqurun sodir bo`lgan. O`smir shu kuni mahalliy vaqt bilan soat 19:30 larda, shaharning Mira shoh ko`chasidagi besh qavatli uyning tomida kapital ta`mirlash ishlarini olib borayotgan tanishlariga ovqat olib borgan. Shu vaqtda u tomdan yiqilib, shifokorlar kelguniga qadar vafot etgan. Voqea joyiga Omsk viloyati Sovetskiy tumani prokurori o`rinbosari Pyotr Baer ham etib borgan.

Holat yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining 143-moddasi 2-qismi (mehnatni muhofaza qilish talablarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

“Prokuror tekshiruvi davomida hodisaning holatlari va sabablari aniqlanadi, shuningdek, ishlarni bajarishda xavfsizlik choralariga rioya qilish bo`yicha mas`ul shaxslarning harakatlariga baho beriladi. Agar asoslar mavjud bo`lsa, prokuror tomonidan javob choralari ko`riladi”, deb yozdi viloyat prokuraturasi Matbuot xizmati.

    Boshqa yangiliklar