Ertaga, 26 iyul kuni poytaxtning bir nechta mahallalari elektr energiyasidan uzib qo`yiladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Toshkent shahar filiali matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko`ra, iste`molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi etkazib berilishini ta`minlash va elektr tarmoqlaridagi avariya holatlarining oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko`rish maqsadida quyidagi manzillarda elektr ta`minoti vaqtinchalik o`chiriladi:
• Uchtepa tumani: “Diydor“ MFYning ayrim ko`chalarida soat 09:00 dan 16:00 gacha;
• Olmazor tumani: “Paxta” va “Gulsaroy“ MFYlarning ayrim ko`chalarida soat 09:00 dan 14:00 gacha.
“O`z navbatida yuqoridagi hududlarda ta`mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o`tamiz”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali mazkur ta`mirlash ishlari tufayli elektr ta`minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli etkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi aholidan uzr so`ragan.