AsosiyJamiyat

Bugun ham harorat 44 darajaga ko`tariladi

'Bugun ham harorat 44 darajaga ko`tariladi'ning rasmi

Bugun kunduz kuni respublika bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog`iston Respublikasida kunning ikkinchi yarmida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha, shimolda va cho`l hududlarda 20-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 37-42°, janubda va cho`l hududlarda 43-44° gacha bo`ladi.

Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 40-42° bo`ladi.

Tog`li hududlarda kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, momoqaldiroq paytida 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 30-35° bo`ladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar