22 iyul kuni tarmoqlarda Rixdinas nomi bilan tanilgan model va dizayner Madina Maxmudova Toshkent metropolitenida Cosmodinass brendidagi kiyimlarni namoyish qildi. Video modelning Instagram`dagi sahifasiga joylanganidan so`ng u Metropolitenda xavfsizlikni ta`minlash boshqarmasiga chaqirilib, tushuntirish ishlari olib borildi.
"Metroda „pokaz“ qildim. Juda shov-shuv bo`lib ketdi. Kutilgandi, lekin bu darajada emas. Chunki meni chaqirishdi ham. Albatta, 15 sutka o`tirmayman. Borganda tushuntirish hati yozish kerakligini aytishdi. Metroda bizga hech kim yomon munosabatda bo`lmadi, oldimizga kelib, komplimentlar qilishdi, tarmoqlardagi profilimiz va kiyim brendi haqida so`rashdi", — deya ta`kidlagan bloger.