AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida jahon brendlari ZARA va Columbia kiyimlarini tikish rejalashtirilmoqda

'Toshkent viloyatida jahon brendlari ZARA va Columbia kiyimlarini tikish rejalashtirilmoqda'ning rasmi

Endilikda Yangiyo`l tumanida mashhur brendlar ostida kiyim-kechaklar ishlab chiqariladi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi Axborot xizmatining xabar berdi. 

Qayd etilishicha, tuman mas`ullari 2 ta bosqichdan iborat tekstil-to`qimachilik yo`nalishida yangi loyihani amalga oshirish yuzasidan Turkiya davlatining “MEDEX TEXTILE” korxonasi rahbari Yavuz Orxan bilan uchrashgan.

Dastlab, trikotaj mato ishlab chiqarish va bo`yash ishlarini amalga oshirish loyihasini yo`lga qo`yishga kelishib olingan.

Ikkinchi bosqichda tayyor kiyim-kechaklar ishlab chiqarish borasidagi investorlarning takliflari muhokama qilingan.

Mazkur loyihalar doirasida 500 ta yangi ish o`rinlarni yaratish hamda yiliga 20-30 mln dollar miqdorida eksportni amalga oshirish nazarda tutilgan.

Ma`lumot o`rnida, Yangiyo`l tumanida joriy yilning 6 oyi mobaynida umumiy qiymati 48,3 mln. dollar miqdorida 36 ta loyihalar ishga tushirilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar