Yaponiya aholisi 2022 yili qariyb 800 mingga kamayib, 122,42 million kishiga etdi. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda.
Mamlakat aholisi ketma-ket 14 yildirki, so`nggi yillarda esa tezroq kamayib bormoqda. Statistikaga ko`ra, 2022 yilda Yaponiyada 1,56 million o`lim holati qayd etilgan — bu statistika tarixidagi rekorddir. Mamlakatda bir vaqtning o`zida tug`ilganlar soni birinchi marta 800 mingdan past bo`lgan — 771 ming.
Yaponiyaning barcha 47 prefekturasida birinchi marta aholi soni kamaydi. Yana bir rekord – mamlakatda doimiy yashayotgan chet el fuqarolari sonining 10,7 foizga oshgani. Ularning soni qariyb 3 million kishiga etdi. Chet elliklar soni hisobga olinganda ham, Yaponiya aholisi 511 ming kishiga kamayib, 125,42 million kishini tashkil etmoqda.






