Er yaqinidan 20 qavatli bino hajmidagi asteroid uchib o`tdi. Bu haqda NASA ma`lumotiga tayanib “Live Science” nashri. xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, sayyoramiz yonidan o`tgan asteroidgacha bo`lgan masofasi Er va Oy oralig`ining, taxminan, to`rtdan biriga teng.
Ob`ektga “2023 NT1” nomi berildi. Kengligi 60 metrdan iborat ulkan tosh 13 iyul kuni Er atrofida soatiga 86 ming kilometr tezlik bilan harakatlangan.
Fazo jismi Quyosh tomondan kelgani uchun oftob nuri ob`ekt teleskopda aks etishini qiyinlashtirgan. Shu bois koinotshunoslar shunday bahaybat asteroidni 15 iyulgacha payqamagan.
Olimlar ta`kidlashicha, “2023 NT1” kabi jismlar Erga xavf solmaydi. Yaqinda yakunlangan tadqiqot shuni ko`rsatdiki, sayyoramiz kamida kelgusi ming yil davomida uchar asteroidlardan himoyalangan. Mutaxassislar yon-atrofda harakatdagi 31 mingdan ziyod asteroidni muntazam kuzatib turadi. Ular ushbu osmon jismlari qay darajada xavfli ekanidan etarlicha xabardor, deyiladi xabarda.






