AsosiyDunyo

Izmir va Bodrum “MICHELIN go Guide”ning Turkiya xaritasiga qo`shildi

'Izmir va Bodrum “MICHELIN go Guide”ning Turkiya xaritasiga qo`shildi'ning rasmi

Izmir va Bodrum, Istanbuldan keyingi MICHELIN Guide mutaxassislari tomonidan tasdiqlangan ikki yangi turk manzillari sifatida qayd etildi.

Navbatdagi ikki manzilning bu ro`yxatga kiritilishi, Turkiyaning sayyohlar uchun hayajonli va yoqimli taomlanish nuqtasi ekanini tasdiqlaydi.

Izmir va Bodrum uchun restoran tanlovlari, 2023 yil 9 noyabrda Istanbulda bo`lib o`tuvchi marosimda e`lon qilinadi.

Michelin, “MICHELIN Guide” Turkiyaning Izmir va Bodrum shaharlariga tomon kengaytirilganligini mamnuniyat bilan e`lon qiladi. Turk Egey va O`rta Er dengizi oshxona an`analari va milliylikka asoslangan Izmir va uning atrofida ko`plab taomlanish imkoniyatlari, jumladan, maftunkor Urla shahri mavjud. Gastronomik va zamonaviy restoranlardan tortib, yangicha uslubda bezatilgan qahvaxonalar, an`anaviy va mashhur kafelargacha Izmir o`zining turli xil lazzatlari bilan ajralib turadi. Ko`pincha o`z ota merosini zamonaviy tarzda xalqqa etkazib berishni xohlaydigan, yosh, mahalliy oshpazlar tomonidan boshqariladigan ko`plab restoranlar Egey milliy taomlari, yangi tutilgan baliqlar va vitaminlarga boy salatlarni taklif qilishadi.

Mug`lada joylashgan Turkiyaning eng mashhur sayyohlik markazlaridan biri bo`lgan Bodrumda, osiyo va italiyaliklarning eng mashhurlari bilan xalqaro taomlarni taklif qiluvchi restoranlar, ayniqsa, dengiz lazzatlari bilan tanilgan turk restoranlarining mukammal birlashuvi, noodatiy taomlar sahnasini shakllantiradi. Bu erda hashamatli dam olish maskanlari, eng yaxshi ovqatlanish tajribalari va boshqalardan ajralib turish, ya`ni, kreativlikka urg`u beriladi.

        MICHELIN Guide xalqaro direktori Gvendal Poullennes: "O`tgan yili Istanbulni Turkiyadagi ilk manzil o`laroq qayd etganimizdan so`ng, bizning mutaxassislarimiz Izmir va Bodrumni o`zlarining navbatdagi yo`l xaritalariga qo`yganidan barchamiz mamnunmiz. Darhaqiqat, bu ikki manzil nafaqat unutilmas madaniy va sayyohlik tajribalari uchun kerakli erlar, balki ayni paytda barcha tomonidan kashf etilishi zarur bo`lgan oshxona sahnalariga ham egadir. Ushbu ikki yangi hududlar MICHELIN Guide oilasiga qo`shilishi ortidan, Turkiyaning e`tibor qaratilishi zarur bo`lgan gastronomik joylar ekanligi haqidagi xabarni dunyoga yoyishni chin dildan umid qilaman".

Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizmvaziri Mehmet Nuri Ersoy: “Istanbuldan so`ng, Izmir va Bodrumning «gastro-shahar» sifatidayuzaga chiqqanidan xursandmiz. Mintaqadagiiqtidorli xo`jaliklarning sifati bilanuyg`unlashgan mahsulotlarimiz evaziga o`zmohiyatida barqarorlik tushunchasiga ega bo`lganoshpazlik madaniyatimizning boyligini dunyoganamoyish eta olamiz. Bu lazzatlarni tatib ko`rishuchun Izmir va Bodrumga keluvchi sayyohlar, Egeyning feruza suvlari, chuqur tarixiy merosi vaturizm sifati hamda kruiz sayohatlari bilanhayratda qoladi." Turk oshpazlik sahnasining o`sibborayotgan salohiyatini ko`rsatadigan bu ikki yangiqo`shilgan manzillardan mamnunmiz va kelgusiyillarda yana ko`plab shaharlar qo`shilishigaishonamiz".

2022 yilda birinchi marta nashr etilganMICHELIN Guide Istanbul, Turkiyaning eng yirikshahrining gastronomik xilma-xilligi vataomlarini ochib beruvchi 5 Michelin yulduzli (1 tasi 2 Michelin yulduzli, 4 tasi Michelinyulduzli) umumiy 53 ta restoranlarini taklifetadi. MICHELIN Guide Istanbul turli xilmavsumiy va maxsus taomlarni ta`kidlashdantashqari, gastronomik bistrolardan tortib, hashamatli va an`anaviy bo`lgan, boshqalaridanajralib turadigan restoranlarga alohida e`tiborqaratdi.

U qamrab olgan barcha yo`nalishlarda bo`lganikabi, Izmir va Bodrumning oshpazlik mahoratigaurg`u beradi va MICHELIN Guide tarixiymetodologiyasi asosida ular taklif qilayotgan engyaxshi restoranlarni tavsiya qiladi. Anonim vamustaqil nazoratchilar, barcha tajribali sanoatmutaxassislari va hozirda Michelin guruhixodimlari tomonidan amalga oshirilgan ushbumetodologiya, tavsiya etilgan oziq-ovqat sifatigaqaratilgan bo`lib, u 5 mezon bo`yicha baholanadi:

- maxsulotlar sifati;

- pishirish texnikasining mukammalligi;

- lazzatlarning uyg`unligi;

- oshxonada oshpazning mahorati;

- Vaqt va butun menyu davomida izchillik.

MICHELIN Guide Istanbul, Izmir, Bodrum 2024 restoranining to`liq tanlovi 2023 yil 9 noyabrda Istanbulda bo`lib o`tadigan MICHELIN Guide marosimida e`lon qilinadi.

    Boshqa yangiliklar