Abatbay Daniyarov Nukus shahar hokimi lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar u Qoraqalpog`iston Vazirlar Kengashi raisining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha o`rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Ergashev Dilmurod Bekmuradovich Navoiy shahar hokimi lavozimiga tayinlandi. Ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati kapital qurilish boshqarmasi boshlig`ining o`rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Sultanov Baxram Begdullaevich Qonliko`l tumani hokimi etib tayinlandi U tayinlovga qadar “O`zsanoatqurilishbank” ATB departament direktorining o`rinbosari lavozimida ishlagan.






