AsosiyJamiyat

Ertangi ob-havo ma`lumotlari e`lon qilindi

'Ertangi ob-havo ma`lumotlari e`lon qilindi'ning rasmi

O`zgidromet 28 iyul kungi ob-havo ma`lumotlarini e`lon qildi. Unga ko`ra: 

TOShKENT ShAHRI
Havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, kechasi va ertalab biroz qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Kunduzi yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol g`arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, kechga tomon 
12-15 m/s gacha kucahyishi mumkin. Harorat kechasi 25-27°, kunduzi 35-37° bo`ladi.

QORAQALPOG`ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYaTI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 33-38° bo`ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYaTLARI
Havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-18 m/s gacha kuchayishi, ba`zi joylarda 20-22 m/s gacha etishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 25-30°, kunduzi 35-40° bo`ladi.

TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI
Havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida ba`zi joylarda  qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin.  Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 33-38° bo`ladi.

QAShQADARYo, SURXONDARYo VILOYaTLARI
Havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-18 m/s gacha kuchayishi, ba`zi joylarda 20-22 m/s gacha etishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 25-30°, kunduzi 37-42° bo`ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI
Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 35-40° bo`ladi.

RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARIDA
Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 25-30° bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar