2023 yil 1 avgustdan boshlab O`zbekistonda qonunchiligida ayrim o`zgarishlar ro`y beradi.
Ayrim tibbiyot muassasalarida quyidagi lavozimlar joriy etiladi
— tuman (shahar) ko`p tarmoqli markaziy poliklinikalarida – tibbiy psixolog;
— stasionar o`ringa ega bo`lmagan ruhiy-asab kasalliklari dispanserlari va tarkibida dispanser mavjud bo`lgan ruhiy kasalliklar shifoxonalarida – suisidolog;
— stasionar o`ringa ega bo`lgan ruhiy-asab kasalliklari dispanserlari va ruhiy kasalliklar shifoxonalarida – qabul bo`limi shifokori, navbatchi psixiatr, tibbiy psixolog yoki psixoterapevt shtatlari. https://t.me/huquqiyaxborot/13937
Ota-onalar farzandi ta`limi uchun to`laydigan pullari daromad solig`idan ozod qilinadi
Qonunchilikka ko`ra, soliq to`lovchilar tomonidan yoshidan qat`iy nazar farzandlarining O`zbekiston ta`lim tashkilotlarida ta`lim olishlari uchun yo`naltiriladigan to`lovlari soliq solinmaydigan daromadlar toifasiga kiritiladi.
“Suv omborlarida seysmologik kuzatuvlarni amalga oshirish elektron platformasi” ishga tushiriladi
Suv omborlarida ishlovchi mas`ul xodimlarning seysmologik va seysmometrik kuzatuvlarni amalga oshirish va birlamchi tahlil qilish bo`yicha har 2 yilda malakasini oshirish amaliyoti yo`lga qo`yiladi.
Davlat organlari rahbarlari Davlat boshqaruvi akademiyasida o`qitiladi
Davlat organlarining birinchi rahbarlari raqamli texnologiyalarni keng joriy etish va loyihalarni samarali amalga oshirish bo`yicha Davlat boshqaruvi akademiyasida qisqa muddatli kurslarda o`qitiladi.
Yoshlar uchun mikrokreditlar va subsidiyalar kartaga o`tkazilishi mumkin
“Yoshlar daftari” va Kambag`allikni qisqartirish va bandlik vazirligi jamg`armalari hisobidan beriladigan subsidiya mablag`larini ijtimoiy kontrakt asosida yoshlar xohishiga ko`ra alohida ochilgan bank kartasiga (naqdlashtirish imkoniyatisiz) o`tkazishga ruxsat beriladi.
Ijtimoiy soha ob`ektlarining isitish tizimlarini modernizasiya qilish boshlanadi
Loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgan va loyiha konsepsiyalari tasdiqlangan tuman (shahar)lardagi ijtimoiy soha ob`ektlarining issiqlik tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida bosqichma-bosqich modernizasiya qilish ishlarini boshlanadi.
Ijtimoiy soha ob`ektlarida O`zbekistonda 1 yil sinovdan muvaffaqiyatli o`tgan va xizmat qilish kafolati kamida 15 yilni tashkil qiladigan qozonlar o`rnatiladi.
Spirtli ichimliklar ishlab chiqaruvchilar uchun qo`shimcha talablar qo`yiladi
Endilikda ishlab chiqaruvchilar Adliya vazirligi tomonidan alkogolli mahsulotlar tovar belgilarini ro`yxatdan o`tkazish to`g`risidagi guvohnomaga ega bo`lishi kerak.
IT-sohada band bo`lgan davlat organlarining malakali xodimlariga ustama haq to`lanadi
Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirishga mas`ul bo`lgan davlat organlari va boshqa byudjet tashkilotlarining AKT sohasida xalqaro sertifikatga ega bo`lgan xodimlariga ish haqining 20 foizi miqdorida ustama to`lanadi.
Tadbirkorlarning hisobvaraqlaridan pul mablag`larini noqonuniy olib qo`yganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanadi
11 avgustdan boshlab tadbirkorlik sub`ektlarining bank hisobvarag`idan pul mablag`larini noqonuniy o`tkazish yoki olib qo`yish uchun ma`muriy va jinoiy javobgarlik belgilanadi.






