Qo`qon shahrida Prezident raisligida yig`ilish bo`lib o`tmoqda. Yig`ilishda videoaloqa orqali Qoraqalpog`iston rahbariyati, barcha viloyat va tumanlar hokimlari ham qatnashmoqda. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar bermoqda.
Ta`kidlanganidek, viloyatda bo`lib o`tgan saylovoldi uchrashuvida Farg`ona aholisi turmush sharoitlarini yanada yaxshilash, viloyat iqtisodiyotiga faol investisiyalar jalb qilib, aholi daromadlarini oshirish bo`yicha katta marralar olindi.
“Oldimizda hali etti yil bor, bu ishlarni ertaga yoki keyingi yildan boshlaymiz”, degan vazir, hokim yoki sektor rahbarlari qattiq adashadi.
Chunki, odamlarimiz, xususan Farg`ona ahli saylovoldi dasturlarida ko`tarilgan har bir tashabbus bo`yicha bizdan aniq natijalarni bugundan kutayapti.
Bundan buyon hududlarga borganimda hokimlar ham, vazirlar ham yangi qurilgan ob`ektlarni ko`rsatish bilan qutulmaydi.
Endi hududlarni rivojlantirish bo`yicha muammolarni ochiq-oydin gaplashamiz. Bu borada so`rov qattiq bo`ladi, masalani ichiga kirmagan rahbarlar shu joyning o`zida ishdan olinadi”, - dedi Prezident.






