Internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan Marg`ilon shahar IIB tomonidan shaharda aqlli kameralar o`rnatish uchun “Open byudjet”dan yutib olingan 500 million so`m qaerdaligi haqidagi xabar Farg`ona viloyati IIB tomonidan o`rganib chiqildi.
Ma`lum bo`lishicha, Marg`ilon shahrida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish maqsadida “Open byudjet”ning 2022 yilgi 2 mavsumida Marg`ilon shahridagi barcha ko`chalarga aklli videokuzatuv kameralari o`rnatish bo`yicha taklif kiritilgan va fuqarolar tomonidan 3 517 ta ovoz to`plagan holda g`olib deb topilgan.
Ushbu loyihani amalga oshirish uchun Marg`ilon shahar hokimligi buyurtmachi etib belgilanib, hokimlikda hisob raqam ochilib, “Tashabbusli byudjet” jamg`armasidan 500 mln. so`m mablag` ajratilgan. Elektron portalda g`olib bo`lgan YaTT bilan 2022 yil 17 noyabrda ko`zda tutilgan ishlarni bajarish uchun shartnoma imzolanib, mablag` uning hisob raqamiga o`tkazilgan.
"Ushbu mablag` hisobidan jami 11 ta aqlli kamera, 16 km masofa uchun kabel hamda qo`shimcha jihozlar xarid qilingan. Hozirgi kunga qadar kuzatuv kameralari uchun 7 km masofada tarmoq tortish ishlari amalga oshirilgan va bu jarayon davom etmoqda.
Keltirilgan jihozlar Marg`ilon shahar IIBda saqlanmoqda.Shu o`rinda fuqarolarimizdan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan yuqoridagi kabi xabarlarga rasmiy munosabat bildirilmasdan turib, noo`rin xulosaga bormasliklarini, jurnalist va bloggerlardan tarqatilayotgan ma`lumotlarni har tomonlama o`rganib, xolislikni ta`minlagan holda taqdim qilishlarini so`rab qolamiz", deyiladi munosabatda.






