AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida yuk mashinasi va elektrovoz to`qnashdi

'Toshkent viloyatida yuk mashinasi va elektrovoz to`qnashdi'ning rasmi

Toshkent viloyati Zangiota tumanida elektrovoz va yuk avtomobili ishtirokida yo`l transport hodisasi sodir bo`ldi. Bu haqda viloyat YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, holat 27 iyul kuni soat taxminan 14:00 larda Toshkent viloyati Zangiota tumani hududidan o`tgan mahalliy ahamiyatga ega bo`lgan 4K 713 avtomobil yo`lining 3-kilometridan kesib o`tgan temiryo`l kesishmasida sodir bo`lgan.

1987 yilda tug`ilgan A.A. boshqaruvidagi Howo yuk avtomobilida temiryo`l kesishmasidan o`tayotgan vaqtida harakatlanib kelayotgan O`zbekiston Lokomativ deposiga qarashli bo`lgan VL60k rusumli elektrovoz (vagonlar ulanmagan) bilan to`qnashib, YTH sodir etgan.

Ushbu to`qnashuv natijasida transport vositalari texnik shikastlangan. Fuqarolar sog`lig`iga ziyon etmagan. Holat yuzasidan Zangiota tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar