2023-2024 o`quv yilida Ixtisoslashtirilgan ta`lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga hujjat topshirgan talabgorlarga o`zlari tanlagan maktabdan tashqari yana ikkita maktabga hujjat topshirishlari uchun imkoniyat yaratildi.
Ya`ni, talabgor Prezident maktablariga hujjat topshirish bilan birga, tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga va o`z hududidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlarining kirish imtihonlariga qatnashishlari mumkin.
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida o`quvchilar uchun maktabda quyidagi sharoitlar yaratilgan:
-zamonaviy yotoqxona bilan ta`minlanadi;
-yotoqxonada qoladigan o`quvchilar 1 kunda 5 mahal bepul ovqatlanishadi;
- darsdan so`ng to`garak mashg`ulotlariga jalb qilinadi;
- turli xil sport turlari bilan shug`ullanishadi;
- o`quvchilarga sun`iy intellekt, robototexnika, IELTS, TOEFL va SAT bo`yicha qo`shimcha kurslar tashkil etiladi;
- 10- va 11-sinf o`quvchilarining amaliyoti yaqin hududlardagi ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish tashkilotlarida o`tkaziladi.
-Shuningdek, Prezident maktablarining kirish imtihonlari 2-bosqichida ishtirok etib, o`qishga kira olmagan talabgorlar hujjat topshirish jarayonida o`z hududidagi o`zlari tanlagan ixtisoslashtirilgan maktablardan birida o`qish istagini bildirgan taqdirda kvotaning 50 foizi doirasida ballar ketma-ketligi asosida imtihonsiz mazkur ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul qilinishi mumkin.






