AsosiyJamiyat

O`tgan olti oyda mahallalarda oldini olish mumkin bo`lgan 12 mingga yaqin jinoyat sodir etilgan

'O`tgan olti oyda mahallalarda oldini olish mumkin bo`lgan 12 mingga yaqin jinoyat sodir etilgan'ning rasmi

Farg`ona shahrida Ichki ishlar vazirligining kengaytirilgan hay`at yig`ilishi boshlangani haqida xabar bergan edik.

Yig`ilishda Shavkat Mirziyoev aholining tinchligini ta`minlash mahalladan boshlanishi kerakligini aytdi. 

Mahallada jinoyatchilikni jilovlash ahvolidan xalqimiz qanchalik rozi?”, - deya savol qo`ydi Prezident.

Misol uchun, o`tgan olti oyda mahallalarda barvaqt oldini olish mumkin bo`lgan 12 mingga yaqin jinoyat sodir etilgan.

Qotillik va tan jarohati bilan bog`liq jinoyatlarning 50 foizi oilaviy-maishiy nizolar va muntazam janjallar oqibatida, o`g`rilikning 70 foizi ishsizlik va moddiy etishmovchilik sabab, yoshlar va o`smirlar jinoyatlari, asosan, oiladagi muhit va huquqiy savodxonlik etishmasligi tufayli sodir bo`lmoqda.

Shuningdek, ayrim huquq-tartibot idoralari rahbarlari jinoyatchilikni oldini olishda jilovni qo`yib yuborgan.

"Ular orasida shaxsiy manfaatlarini kasbiy majburiyatlaridan ustun ko`rayotgan, huquq-tartibot idoralarida ishlashga nomunosib bo`lgan bir qator rahbarlar ham bor", - dedi davlatimiz rahbari.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar