AsosiyJamiyat

15 ta tuman IIB boshlig`i va 5 ta tuman prokurorlari ishdan olindi

'15 ta tuman IIB boshlig`i va 5 ta tuman prokurorlari ishdan olindi'ning rasmi

Shavkat Mirziyoev raisligidagi yig`ilish davom etmoqda. 

Jinoyatchilikni jilovlash va aholi bilan ishlashda sustkashlikka yo`l qo`yganligi uchun Bosh prokurorning birinchi o`rinbosari B.Valiev, ichki ishlar vazirining birinchi o`rinbosari Sh.Rahmonovga, mahallada profilaktika inspektorlari ishini lozim darajada tashkil qilmagani uchun, ichki ishlar vazirining ushbu sohaga mas`ul o`rinbosari B.Abdullaevga hayfsan e`lon qilindi va uch oy sinov muddati tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati yozmoqda 

Barcha viloyat prokurorlari va IIB boshliqlarining birinchi o`rinbosarlari o`ziga tegishli xulosa qilmasa, yil yakuni bilan barchasi lavozimidan ozod etilishi qayd etildi.

Shuningdek, jinoyatchilikka qarshi kurashishda sustkashlikka yo`l qo`ygan:

- Sergeli, Yangihayot, Shayxontohur, G`ijduvon, Kogon, Tuproqqal`a, Taxtako`pir, Tomdi, Yakkabog`, Oltinsoy, Zafarobod, Boyovut, Guliston, Mingbuloq, Oltinko`l tumanlari ichki ishlar boshliqlari;

- Andijon, Bandixon, Buvayda, Narpay, Yunusobod tumanlari prokurorlari egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar