Prezidentimiz yo`l harakati xavfsizligini ta`minlash borasidagi ishlar ahvolidan xalqimiz mutlaqo noroziligini ta`kidladi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Masalan, o`tgan olti oyning o`zida 4 mingga yaqin avto-avariyalar sodir etilib, 873 nafar shaxs vafot etgan, 3,5 mingdan ortig`i jarohat olgan.
“E`tibor bering, 48 foiz avariyalarning sababi yo`l infratuzilmasidagi kamchiliklar hisoblanadi.
Vaziyatni yaxshilash bo`yicha “O`zavtoyo`l” va hokimliklarning mas`uliyati umuman sezilmayapti. Ular faqat asfalt yotqizish bilan ovora, harakat xavfsizligi esa e`tibordan chetda qolib ketgan”, - dedi davlat rahbari.
Shu munosabat bilan Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi rahbari O.Saidovga hayfsan berildi. Shuningdek, Jizzax, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari YHXB boshliqlari lavozimidan ozod qilindi.
28.07.2023 18:01
48 foiz avariyalarning sababi yo`l infratuzilmasidagi kamchiliklar hisoblanadi. Vaziyatni yaxshilash bo`yicha “O`zavtoyo`l” va hokimliklarning mas`uliyati umuman sezilmayapti — Prezident






