AsosiyJamiyat

Prezident Farg`onaga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.

'Prezident Farg`onaga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.'ning rasmi

Prezident o`tgan yili Farg`ona shahridagi “Yangi O`zbekiston” massivi qurilishini borib ko`rgan edi. Viloyatga bu galgi tashrif chog`ida ishlarning borishi yana bir bor ko`zdan kechirildi.

Bugungi kunda 300 gektarli ulkan maydonda jadal qurilish ketmoqda. Bu erda 65 mingdan ziyod aholiga mo`ljallangan 298 ta ko`p qavatli uy bunyod etiladi. Aholi zich yashaydigan shahar va viloyat uchun bu muhim ijtimoiy ahamiyatga ega.

Bu yil massivda 73 ta uy barpo etilmoqda. Ularning dastlabkilari foydalanishga topshirilib bo`ldi.

Shuningdek, hududda maktablar, maktabgacha ta`lim va tibbiyot muassasalari, savdo va maishiy xizmat shoxobchalari, sport majmuasi bo`ladi. 50 gektarda tashkil etiladigan kichik sanoat zonasi aholini ish bilan ta`minlashda muhim o`rin tutadi.

Massiv o`ziga xos ekoshahar bo`ladi - 70 gektar maydonda “Yangi O`zbekiston bog`i” va sun`iy ko`l barpo qilinadi. Bo`sh maydonlarga ham daraxtlar ekiladi. Sun`iy ko`l atrofida so`lim xiyobon tashkil etiladi.

Davlatimiz rahbari massivdagi ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarga investorlarni jalb etish, xizmat turlarini ko`paytirish bo`yicha ko`rsatmalar berdi.

Prezident Farg`ona viloyatiga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.

    Boshqa yangiliklar