“O`zgidromet” xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni respublika bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 35-40°, janubda 42° gacha bo`ladi.
Poytaxtda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 38-40° bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`ladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 27-32° bo`ladi.






