AsosiyJamiyat

Mahallalarda 5 000 ta sport maydonchasi tashkil qilinadi

'Mahallalarda 5 000 ta sport maydonchasi tashkil qilinadi'ning rasmi

“Mahallalarda sport infratuzilmasini rivojlantirish va sport maydonchalaridan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–245-son, 28.07.2023 y.) qabul qilindi

Qarorga ko`ra, “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida g`olib va sovrindor bo`lgan hamda hududida sport infratuzilmasi mavjud bo`lmagan mahalla terma jamoalari uchun 2030 yilgacha 5 000 ta sport maydonchalari tashkil qilinadi.

2023 yil 1 avgustdan:

- olis va chekka hududlarda joylashgan mahallalar hamda maktablar hududida qurilgan sport maydonchalari ular joylashgan hududiga qarab tegishliligi bo`yicha Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi hamda fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari tizimiga o`tkaziladi;

- sport maydonchalarining joylashuv hududidan qat`i nazar (ta`lim tashkilotlari hududida darsdan tashqari vaqtlarda), barcha fuqarolar uchun foydalanish bepul bo`ladi va vaqti chegaralanmaydi;

- sport maydonchalaridan samarali va maqsadli foydalanilishi mahallalardagi yoshlar etakchilari va profilaktika inspektorlari tomonidan tashkil etiladi.

    Boshqa yangiliklar