AsosiyJamiyat

Bo`stonliqdagi dachalarning birida yong`in sodir bo`ldi (video)

'Bo`stonliqdagi dachalarning birida yong`in sodir bo`ldi (video)'ning rasmi

Bugun, 29 iyul kuni soat 14:03 da Toshkent viloyati Bo`stonliq tumani “Xo`jakent” MFYda joylashgan dala hovlilarning birida yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida FVBga xabar tushgan.

Shunga ko`ra, 2 ta yong`in-qutqaruv ekipaji va 1 ta suv tashish avtomobili soat 14:05 da voqea joyiga etib borib, yong`in soat 14:27 da qurshab olingan va soat 15:00 da bartaraf etilgan.

Yong`in natijasida dala hovli oshxonasining tahminan 80 kv.m maydonda tomi, shifti va ichki jihozlari yonib zararlangan.

Yong`in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar yo`q.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar