AsosiyJamiyat

Toshkentda voyaga etmagan bolalarga noqonuniy diniy ta`lim berib, ularni kaltaklab qo`rqitib kelgan shaxs aniqlandi (video)

'Toshkentda voyaga etmagan bolalarga noqonuniy diniy ta`lim berib, ularni kaltaklab qo`rqitib kelgan shaxs aniqlandi (video)'ning rasmi

Toshkent shahar IIBBga tez tibbiy yordam shifokoridan xabar kelib tushgan. Unda aytilishicha, Shayxontohur tumani Ibn Sino mavzesida joylashgan ko`p qavatli uylarning birida besh nafarga yaqin voyaga etmagan bolalarga noqonuniy diniy ta`lim berayotganligi, o`qituvchisi bolalarni kaltaklayotganligi aytilgan. Shuningdek, kaltaklangan o`quvchilardan biri qochmoqchi bo`lib elektr uzaytirgich simiga osilib, 5-qavatdan o`zini tashlaganligi hamda jarohat olib ko`plab sinish va chiqishlar mavjudligini ma`lum qilgan. 

Mazkur xabar yuzasidan o`tkazilgan dastlabki, tezkor-surishtiruv ishlari davomida 1995 yilda Qashqadaryo viloyatida tug`ilgan, hech qanday diniy ma`lumotga ega bo`lmagan Yusuf ismli shaxs joriy yil 1 iyul kunidan boshlab vaqtinchalik yashash manzilida har bir boladan 200 ming so`m pul evaziga hujra tashkil qilib, 4 nafar voyaga etmagan bolalarga diniy saboq berib kelayotganligi aniqlangan. Hujradan 14 dona arab tilida yozilgan, nashriyoti noma`lum bo`lgan diniy adabiyotlar xolislar ishtirokida hujjatlashtirilib olindi.

Yusuf ismli shaxs bolalarni doimiy ravishda kaltaklab kelganligi aniqlangan. 

"Men o`zi ko`chada taksistlik qilib yurardim. Urgan bo`lsak agar tushunib etdik urish mumkinmas ekan. Umuman bu holatda hukumatimizdanam uzr so`rayman", - deydi Yusuf.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar