AsosiyJamiyat

Bloger Olimjon Haydarov sudning ajrimi bilan qamoqqa joylashtirildi

'Bloger Olimjon Haydarov sudning ajrimi bilan qamoqqa joylashtirildi'ning rasmi

Bloger Olimjon Haydarov tovlamachilikda ayblanib qo`lga olingani haqida xabar berilgan edi.

Oliy sud Matbuot kotibining ma`lum qilishicha, Jinoyat ishlari bo`yicha Qo`qon shahar sudining 2023 yil 29 iyuldagi ajrimi bilan unga nisbatan qamoqqa olish va tergov hibsxonasiga joylashtirilishi belgilandi.

Shunday qilib, sudga shahar prokurori tomonidan kiritilgan iltimosnomaga ko`ra, bloger Jinoyat kodeksining  165-moddasi (tovlamachilik) 2-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinmoqda. Jinoyat-prosessual kodeksining 227-moddasi (surishtiruvchining, tergovchining yoki prokurorning qaroriga binoan ushlab turish) tartibida qamoqda ushlab turilibdi. 

Ma`lumot o`rnida: Olimjon Haydarov 1989 yilda Rossiya Federasiyasida tug`ilgan. O`zbekiston Respublikasi fuqarosi, muqaddam sudlanmagan.

 

 

    Boshqa yangiliklar