Germaniyaning “Volfsburg” jamoasi rahbariyati bosh murabbiy Diter Xekkingni iste`foga chiqardi. Bu haqda “iSport.ua” xabar bermoqda.
Jamoa sport direktori Klaus Allofs Diter Xenningga qoniqarsiz natijalar oqibatida rahbariyat uni bo`shatishga qaror qilganini aytdi. “Volfsburg” Germaniya chempionati 7-turidan keyin 6 ochko bilan 14-o`rinda bormoqda.
Ma`lum qilinishicha, “Volfsburg” yoshlar jamoasi ustozi Valeren Ismael vaqtincha bosh murabbiy vazifasini bajarib turadi.
Ma`lumot o`rnida, Diter Xekking “Volfsburg”ni 2012 yildan buyon boshqarib kelayotgandi. 2015 yili jamoa uning qo`l ostida mamlkakat kubogi va Superkubogini qo`lga kiritgandi.





