Avval xabar qilganimizdek, 24 iyul kuni 32 yoshli ayol Toshkentdagi ko`p qavatli uyning liftiga qamalib, vafot etgan.
Bosh prokuratura ayolning vafot etganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o`tkazish maqsadini ko`zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yohud o`tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko`rsatish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilganini ma`lum qildi.
"Tergov o`tkazish yo`li bilan qonuniy qaror qabul qilinishi ta`minlanadi", deyiladi bayonotda.






