Kanada tog`larida kichik samolyot qulab tushdi va kamida 6 kishi halok bo`ldi, deya xabar beradi Kazinform Anadolu agentligiga tayanib.
Samolyot bortida besh yo`lovchi va bir uchuvchi bo`lgan. Ularning hammasi vafot etdi.
Ma`lumotlarga ko`ra, samolyot Kalgari shahri yaqinidagi aeroportdan juma kuni mahalliy vaqt bilan soat 21:00 atrofida havoga ko`tarilgan. Soat 01:00 atrofida samolyot yo`qolgani haqida xabar berilgan.
Kanada transport xavfsizligi boshqarmasi hodisa yuzasidan tekshiruv boshladi.