AsosiyJamiyat

Samarqanddagi ikkita tarixy ob`ektga 9 mlrd so`mlik zarar etkazildi

'Samarqanddagi ikkita tarixy ob`ektga 9 mlrd so`mlik zarar etkazildi'ning rasmi

Samarqand viloyati Urgut tumani "Mingtepa" mahallasida joylashgan "To`lqirtepa-1" tarixiy arxeologiya yodgorligining 163 metr kub hajmdagi er maydoni maxsus texnika yordamida kovlab olinib, ob`ektga 4 mlrd so`m zarar etkazilgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi. 

Shuningdek, ushbu tumanning "Quyiqishloq" mahallasida joylashgan o`rta asrlarga oid "Teshiktepa", "Dehqonobod" mahallasidagi "Qulqishloqtepa-2" va "Ogahiy" mahallasidagi "Mozortepa" arxeologiya ob`ektlari qisman buzilishi oqibatida jami 5 mlrd so`m zarar etkazilgan.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar