AsosiyJamiyat

2023 yilning ilk 6 oyida 6 nafar maktab o`quvchisida erta tug`uruq aniqlandi

'2023 yilning ilk 6 oyida 6 nafar maktab o`quvchisida erta tug`uruq aniqlandi'ning rasmi

2023 yilning dastlabki 6 oyi davomida umumiy o`rta ta`lim maktablarining 6 nafar o`quvchi qizlarida erta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haqda bugun, 31 iyul kuni AOKAda Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi bilan bo`lib o`tgan matbuot anjumanida vazirlik mas`ullari ma`lum qildi. Matbuot anjumanida darakchi.uz sayti muxbiri ishtirok etdi.  

“2023 yilning ilk 6 oyida 6 nafar maktab o`quvchisida erta tug`uruq aniqlandi. Holatlarning 2 tasi Qashqadaryoda kuzatilgan bo`lsa, Qoraqalpog`iston, Samarqand, Sirdaryo va Surxondaryoda 1 tadan qayd etilgan. Umumta`lim maktabi o`quvchilari o`rtasida erta homiladorlik va erta tug`uruq holatlarining oldini olish bo`yicha hamkor tashkilotlar: Oila va xotin-qizlar qo`mitasi, joylardagi mahalla faollari hamda maktab psixologlari, sinf rahbarlari, maktab direktorining ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha o`rinbosarlari bilan yaqin hamkorlikda ishlar olib borilmoqda”, dedi Ta`lim tashkilotlarida tarbiyaviy ishlarni muvofiqlashtirish boshqarma boshlig`i o`rinbosari Azamat Kamolov.

Uning aytishicha, bunday holatlarning aksariyati yozgi ta`til yoki o`qishdan tashqari paytlarda sodir bo`lgan. Shu sababli ota-onalar nazoratni kuchliroq amalga oshirishi kerak.

    Boshqa yangiliklar