O`zbekiston, Turkmaniston, Eron xalqaro transport va tranzit yo`lagini tashkil etishni rejalashtirmoqdalar. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.
Bugun o`tkazilgan muzokaralarda O`zbekiston, Turkmaniston va Eron hukumatlari o`rtasida xalqaro transport yo`lagini tashkil etish to`g`risidagi bitim imzolashni jadallashtirish, Eron hududida xalqaro avtotransport qatnovlarida milliy tashuvlardan undiriladigan yig`imlar miqdorini kamaytirish, eksport va import yuklari uchun «Bandar-Abbos» va «Chabahor» portlaridan foydalanish imkoniyatlari muhokama etilgan.
Shuningdek, O`zbekiston-Afg`oniston-Eron xalqaro transport yo`nalishini rivojlantirish masalalari ham ko`rib chiqilgan.
31.07.2023 20:52
O`zbekiston-Afg`oniston-Eron transport va tranzit yo`lagini tashkil etiladi






