AsosiyJamiyat

Toshkentda ichimlik suvida mashina yuvgan haydovchi jazolandi

'Toshkentda ichimlik suvida mashina yuvgan haydovchi jazolandi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar, Yunusobod tumani, "Ahmad Donish" MFY qurilish kompaniyalaridan birining ishchi xodimi ichimlik suvida mashina yuvayotgani aks etgan xabar tarqaldi.  

Mazkur holat zudlik bilan Ekologiya vazirligi Toshkent shahar boshqarmasi davlat inspektorlari tomonidan nazoratga olingan.  

O`rganish natijasida ishchi xodimga nisbatan MJtKning 72-moddasiga binoan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima belgilangan.  

Shuningdek, holat qayta sodir etilmasligi yuzasidan fuqaro qat`iy ogohlantirilgan.

    Boshqa yangiliklar