Surxondaryo viloyati Jarqo`rg`on tumanida 2023 yil 12 iyul kuni tuman IIB Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv bo`limi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, shu tumanda yashovchi, 1972 yilda tug`ilgan H.Surayyo (ism shariflar o`zgartirilgan) tanishi Muxlisaning yashash uyida 200 ming so`m pul evaziga Jarqo`rg`on tumanida yashovchilar I.Sobir va B.Shahlolarga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan.
23 iyul kuni H.Surayyoga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






