O`zbekiston Qishloq xo`jaligi vazirligi rahbariyatida yangi tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda O`zA xabar berdi.
Tog`aev Botir Normahmadovich vazirning birinchi o`rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Mazkur tayinlovga qadar Botir Tog`aev Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani hokimi lavozimida ishlagan.
Shuningdek, Shukurov Alisher Nematullaevich vazir o`rinbosari lavozimiga o`tgan. U bungacha qishloq xo`jaligi vazirining iqtisodiy masalalar, innovasion rivojlanish va investisiyalar bo`yicha maslahatchisi lavozimida ishlab kelgan.